Tartiblash

Rami Abadir — Qohirada tug’ilgan musiqiy prodyuser, sound-dizayner, DJ va musiqa tanqidchisi, Digital Media borasida magistr.
Uning ijodi eksperimental, klub, glitch va ambient musiqasiga qaratilgan bo’lib fantaziya, xotira va madaniy artefaktlardan ilhomlangan mavzularni ko’taradi, ammo faqatgina bu bilan cheklanib qolmaydi. Abadir o’z tajribalarida texnika fyujnga – mutatsiyalarni qarama qarshi qo’yishga muvofiq bo’ladi.

Derrick Mey elektron musiqadagi hayot bo’lgan eng buyuk shaxslardan biri bo’lib, Belvill Uchligi guruhining uchinchi ishtirokchisi hisoblanadi. Elektron raqs musiqasida ruh chegaralarini sinab ko’rgan va bu shaklning yaxlitligini abadiy o’zgartirishga muvofiq bo’lgan guruh. Derrick Meyning obro’si o’n yildan ko’proq vaqt davomida qayd etilgan tanaffusga qaramay, saqlanib qoldi. Mey etakchi raqs prodyuserlari tomonidan eng original va tasirli deb hisoblangan texno treklarni chiqardi. Derrik Meyning klassik ovozi — bu takomillashtirilgan perkussiya kaskadlari va torli sempllari bo`lib Chikagoda o’tkazgan vaqtdan olingan illiqlik va Ron Xardi hamda Frenki Nacklz kabi asosiy DJ-larning jozibasi o’rtasidagi to’g’ri muvozanatdir. Mayning Transmat Records leybli uning 1987-1989 yillarda Rhythim Is Rhythim nomi bilan chiqarilgan «Nude Photo», «Strings of Life», «Kaos» va «It Is What It is» kabi eng yaxshi materiallarini o’z ichiga qamrab oldi.

Gollandiyalik bastakor va DJ Metyu Dekey yigirma yil davomida elektron musiqa chegaralarini kengaytirib kelmoqda. Dekay DJ setlari gipnozli va tizimli ravishda raqs maydonchasini bas liniyalari ila, ko’p qirrali perkussiya va noyob ohanglar bilan qamrab oladi. Uning muhabbati musiqa koinotining universal tili kabi tebranadi va elektron raqs musiqasining turli janrlariga, ya’ni ambient, «house»dan dab-texnosigacha bo’lgan uzoq davom etadigan DJ-setlargacha o’tadigan muhabbatga aylanadi.

QARAQOOM — pandemiya davrida paydo boʻlgan, anʼanaviy cholgʻu asboblarining tebranish tovushlari va sharqona ohanglarni zamonaviy elektron musiqa estetikasi bilan uygʻunlashtirgan musiqiy loyiha. QARAQOOMning har bir treki qadimgi madaniyatlar va zamonaviy ritmlar uchrashadigan ajoyib landshaftlar olamiga karvon sayohatidir.

Tbilisida tug’ilgan va yaqinda Berlinga ko’chib o’tgan DJ va prodyusser. Uning ovozi elektro, eysid va texno ufqlarini o’z ichiga qamrab oladi va shu bilan birga uni o’zgartiradi. Uning setlari muvozanatli va nozik, shu bilan birga ular sizni qattiq raqs transiga olib kiradi.

Rossiya elektron sahnasi bo’lmish «Ishome»ning asosiy qahramonlaridan biri bo’lgan Alter ego. Agar Mirabella o’zining asosiy loyihasi doirasida g’amgin va dunyoviy jozibaga to’la introvert ovozlarni yaratayotgan bo’lsa, Shadowax qiyofasida eksperimentlarga berilib, o’zini ironiya qilib maksimal ozodlikni namoyish etadi. Aritmik texno va dahshatli hardkor, pop musiqasiga allyuziyalar va xip-xop mavzusidagi noodatiy variatsiyalar, rang-barang repertuar Shadowaxning o’ziga xos belgilaridan biri bo’lib qolmoqda.

Texno yoki avangard kabi amaliy bo’lmagan atamalarning lupasi xisoblanib bu shved dueti so’nggi o’n yil ichida aniq dramaturgiya emas, balki o’zining tovushli nozikligi bilan obro’ qozondi. Ularning musiqasi butparastlik va eskapizmdan yiroq bo’lib tirik bo’lishga bo’lgan istakni o’zida mujassam etgan.
Qarama-qarshiliklar xar doim bir-biriga tortilgandek ularning chiqishlari butun dunyo bo’ylab bugungi klub sahnasida to’rt bargli klever bo’lib qolmoqda. Ertangi sahnalar poydevorini dekonstruksiya qilish orqali SHXCXCHCXSH doimiy ravishda tinglovchi izlayotgan va zavqlanadigan hamma narsani yaratish va yo’q qilishga muvaffaq bo’ladi. Kontekst hech narsa bo’lmagan joyda, taassurot hamma narsadir va shu o’rinda tomoshabin diqqat markazida bo’lib qoladi.

TBA
Nafaqat boshqalar…