Bilish kerak

Mo’ynoqqa samolyot/poyezd/mashinada borishingiz mumkin.

Toshkent-Nukus va Toshkent-Urganch (narxi 485 000 so‘mdan) aviaparvozlari kuniga bir necha marta, Almati-Nukus chorshanba va shanba kunlari (narxi 2 463 000 so‘mdan), Istanbul-Nukus – har dushanba (narxi 2 463 000 so‘mdan) amalga oshiriladi. Qo’shni shaharlardan Mo’ynoqqa borish uchun siz aeroport oldidagi taksilardan foydalanishingiz yoki telegram chatlarida mahalliy haydovchilar bilan oldindan kelishib olishingiz mumkin.

1 ta mashina uchun bir tomonlama transfer narxi: 500 000 – 800 000 so‘m. Nukus-Mo‘ynoq reysi ham har dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi 107 000 so’mdan.

Toshkent-Nukus va Toshkent-Qo‘ng‘irot yo‘nalishidagi poyezdlar har kuni qatnaydi, paskartdagi joy narxi — 340 000 so‘m, kupeda — 440 000 so‘m.

Toshkent-Mo‘ynoq yo‘nalishi bo‘yicha (sayohat 24-48 soat davom etadi) bo‘ylab Mo‘ynoqqa mashinada ham yetib borishingiz mumkin. Yoʻl Toshkent va Nukus shaharlarini bogʻlovchi M-37 trassasi boʻylab oʻtadi, uzunligi 1300 km.

Uchta yo‘nalish, reyslarga havolalar va mahalliy taksi haydovchilari bilan telegram chatlari haqida batafsil ma’lumotni FAQ bo‘limining “Mo‘ynoqqa qanday borish mumkin?” blokida topishingiz mumkin.

Festival maydonida yurtalar va chodir lageri mavjud bo’ladi. Festival hududi muhofaza qilinadigan hudud hisoblanadi. Chodir lagerida Stihiaʼga hamroh bo’ladigan quyosh, yomg’ir va kuchli shamollardan saqlovchi soyabonlar joylashtiriladi. Chodir ostidan joy olish uchun siz “chodirli” chiptani sotib olishingiz kerak. Ushbu chipta asosiy chiptaga qo’shimcha bo’lib, faqat lager hududidagi 3×3 metrli yer uchastkasini o’z ichiga oladi. Eslatib o‘tamiz, bu chiptaga chodirning o‘zi kirmaydi – har kim uni o‘zi olib keladi va o‘rnatadi. Yurtalarda yashash haqidagi ma’lumotlarni yangilab boramiz. Yangiliklarni kuzatib boring!

Shaharda ham shuningdek, kichik mehmonxonalar, mehmon uylari, yotoqxonalar va ijaraga beriladigan uy-joylar, shu jumladan kavtiralar va uylar mavjud. Qulay yashash uchun turar joyingizni oldindan bron qilishni tavsiya etamiz. Mo’ynoqdagi turar joy haqida ma’lumot olish uchun guruh – https://t.me/+TbOPuP59vr85ODdi

Chiptalar Chodirlar uchun joy