FAQ

Stihia nima?

Stihia – bu elektron musiqa, san’at va fan festivali. Bu festival  2017-yilda O‘zbekistondagi ishqibozlar tomonidan o‘ylab topilgan loyihadir.

Shu yillar davomida festival Mo‘ynoqning barqaror rivojlanishiga erishish missiyasini ko`zlagan xolda, qurigan Orol dengizi yaqinidagi Mo‘ynoqda o‘tkazildi.

Beshinchi Stihiani lokatsiyasini tanlash jarayonida biz bir nechta asosiy omillarga amal qildik. Bu uzoq, kimsasiz, lekin ayni paytda logistika va turar joy jihatidan qulay joy bo’lishi kerak edi.

2023-yilda festival  ikkita bir xil sabablarga ko‘ra Navoiy viloyatida o‘tkaziladi:

        -Respublikaning boshqa hududlarida turizmni rivojlantirish;

        -Mehmonlar va musiqachilar uchun qulaylik.

  1. Festival tamoyillari nimaga asoslanadi?

Stihia – bu dunyoning eng chekka burchaklaridan bo`lgan odamlarning o’zaro ta’siri va madaniyatlarning aralashish joyi.

Sizdan quyidagi tamoyillarga amal qilishingizni kutamiz:

  • Cho’l va atrofdagi odamlarni hurmat qiling;
  • Ketingizdan axlatni qoldirmang;
  • Festivalda faol bo’ling;
  • O’zingizni ifoda eta biling.

Bundan tashqari, iltimos, veb-saytimizda ommaviy taklif va maxfiylik siyosati bilan diqqat bilan otanishib chiqing.

  1. Festivalga chiptalarni qanday sotib olish mumkin?

Chiptalarni stihia.org veb-saytida sotib olish mumkin.

Chipta narxi 350 000 so‘mdan (taxminan 30 AQSh dollari) boshlanadi. Siz ham soʻm kartalari, ham VISA/Mastercard orqali toʻlovni amalga oshirishingiz mumkin.

  1. Chiptaga nimalar kiradi?

Chipta uch kun davomida festival hududiga kirish imkonini beradi. Lagerga kirishda brasletlarni olishingiz kerak bo’ladi.

Chipta transport va turar joy xarajatlarini qoplamaydi.

  1. Manzilga qanday yetib borish mumkin?

2023-yilda festival Navoiy viloyati, To‘dako‘l ko‘li yaqinidagi sho‘rloqda bo‘lib o‘tadi.

Eng yaqin shahar – Buxoro. Buxoro aeroporti quyidagi manzillardan reyslarni qabul qiladi:

  • Yekaterinburg;
  • Moskva;
  • Sankt-Peterburg;
  • Istanbul;
  • Toshkent;
  • Urganch.

Yana boshqa ikkita yaqin shaharlar:

  • Navoiy (lokatsiyagacha 1,5 soatlik yo’l);
  • Samarqand (lokatsiyagacha 3,5 soatlik yo’l).

Toshkentdan lokatsiyagacha avtomobilda yo’l deyarli 8 soatni tashkil etadi.

Buxoroga avtomobil, avtobus va poyezdda borish mumkin. Poyezd chiptalarini https://chipta.railway.uz saytidan xarid qilish mumkin

Avtobus chiptalarini https://avtoticket.uz saytidan xarid qilish mumkin

  1. Festivalga qanday borish mumkin?

Festival Navoiy viloyatidagi sho‘rloqda bo‘lib o‘tadi. Lokatsiyaning havolasi: 

https://goo.gl/maps/SqfBuFfpH3s6GPAX7

Buxorodan (yoki Kogondan, agar poezdda kelsangiz), manzilga taksida borishingiz mumkin. Sayohat vaqti taxminan 30 daqiqa. Bir tomonga avtomobil uchun o’rtacha chek taxminan 10 dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, mikroavtobusni ham ijaraga olishingiz mumkin.

Biz transfer, shuningdek, taksi va mikroavtobuslar uchun kontaktlar variantlari ustida ishlayapmiz va ular tayyor bo’lishi bilanoq ularni joylaymiz.

  1. Tunash joyi qaerda?

Festival hududida siz chodirlarda qolishingiz mumkin. Buning uchun biz maxsus, qo’riqlanadigan hudud tashkillashtiramiz.

Lokatsiyadan Toʻdakoʻl suv ombori tomon 5 daqiqalik masofada bir nechta sayyohlik hududlari bor – siz u yerda ham qolishingiz mumkin bo`ladi.

Siz «camping.car»da  kelishingiz mumkin, buning uchun bizda alohida maydoncha tashkil etiladi.

Siz bor-yo’g’i 25 daqiqa masofada joylashgan va 1000 dan ortiq mehmonxonalar joylashgan Buxoroda qolishingiz mumkin.

Biz turar joy bo’limini kontaktlar va qo’shimcha ma’lumotlar bilan yangilab boramiz.

  1. Chodirlarda hayotni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar.
  • Chodirlar lageri uchun maxsus ajratilgan joyda chodirlar o’rnatish;
  • Chodirning tagiga bir parcha polietilen qatlamini to`shang;
  • To’g’ridan-to’g’ri chodirning o’zida, uyqu-sayyohlik-qopchasi (karemat) ustiga to`shang;
  • Chodir ustidaga tent qoplamini torting;
  • Chodirda qimmatbaho buyumlar va hujjatlarni qoldirmang;
  • Chodiringiz yaqinida, shuningdek, umuman chodirlar maydonchasida olov yoqmang;
  • Chodirda chekmang.

  1. Festivalga nima olib borish kerak?

O`zingiz  bilan birga olishingizni juda tavsiya qilamiz:

  • Yopiq poyabzal;
  • Maskalar va dezinfektsiyalash vositalari;
  • Nam va quruq salfetkalar;
  • Chivinlarga qarshi sprey;
  • Gigienik lab bo’yog’i;
  • Quyoshdan himoya ko’zoynaklari;
  • Fonar;
  • Power bank.

  1. Oziqlanish haqida.

Festival hududida umumiy ovqatlanish joyi va bar bo’ladi (pivo, kokteyllar, limonadlar, suv sotiladi). Oziq-ovqatlardan turli xil bayram taomlari, tez tayyorlanadigan taomlar, qozon oshi va boshqalar bo’ladi.

Albatta, siz o’zingizning ovqatingizni ham olib kelishingiz mumkin.

  1. Festival maydonida sanitar uzellar bo’ladimi?

Lagerda biotualetlar va yuvinish moslamalari bo’ladi. Iltimos, boshqa tashrif buyuruvchilarga hurmat bilan munosabatda bo’ling va ob’ektlarni oqilona vaqt davomida egallang. Cho’lda suv juda cheklangan resursdir.

  1. Xavfsizlik ta’minlanadimi?

Festivalda xavfsizlikni Ichki Ishlar Vazirligi, Milliy Gvardiya xodimlari, shuningdek, festival xavfsizligiga mas’ul xodimlar ta’minlaydi. Bundan tashqari, festival hududida tez tibbiy yordam punkti va o’t o’chirish brigadasi bo’ladi. Ularning barchasi xavfsizlik bo’yicha mashg’ulotlardan o’tadi.

Tashkilotchilar sizning shaxsiy narsalaringiz xavfsizligi uchun javobgar emas.

Har qanday tajovuzkor xatti-harakatlar uchun tashrif buyuruvchi festival hududidan chiqazib tashlanadi va stop-listga kiritiladi.

  1. Menga viza kerakmi?

Agar siz MDH davlatining fuqarosi bo’lsangiz, sizga viza kerak emas. Agar siz quyida sanab o’tilgan mamlakatlardan birining fuqarosi bo’lsangiz, u holda ham  sizga viza  kerak emas ( kelishingiz bilan pasportingizga muhr qo’yiladi, bu bepul).

  • Avstraliya
  • Avstriya
  • Andorra
  • Argentina
  • Bolgariya
  • Bosniya va Gertsegovina
  • Belgiya
  • Braziliya
  • Bruney Darussalam
  • Buyuk Britaniya
  • Vatikan
  • Vengriya
  • Germaniya
  • Gretsiya
  • Daniya
  • Irlandiya
  • Islandiya
  • Ispaniya
  • Italiya
  • Kanada
  • Kipr
  • Latviya
  • Litva
  • Lixtenshteyn
  • Malta
  • Monako
  • Mo’g’uliston
  • Niderlandiya
  • Norvegiya
  • Polsha
  • Portugaliya
  • Ruminiya
  • San-Marino
  • Serbiya
  • Slovakiya
  • Sloveniya
  • Finlyandiya
  • Fransiya
  • Xorvatiya
  • Chernogoriya
  • Chexiya
  • Chili
  • Shveytsariya
  • Shvetsiya
  • Estoniya
  • Yangi Zelandiya
  • Yaponiya

Agar siz boshqa mamlakatlardan kelayotgan bo’lsangiz, viza olishingiz kerak va keyin jarayon juda oddiy bo’ladi. Elektron viza olish boʻyicha koʻrsatmalarga bu yerda amal qilishingiz mumkin: evisa.mfa.uz/evisa_en

  1. Festivalda bank kartalari qabul qilinadimi va lokatsiyada valyuta ayirboshlash punktlari mavjudmi?

Ha, ovqatlanish zonasi, bar va boshqa savdo nuqtalarida mahalliy Payme ilovasi, shuningdek, Visa/Mastercard kartalari orqali ham naqd, ham naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo`ladi.

O‘zbekistonda barcha to‘lovlar faqat mahalliy valyuta – o‘zbek so‘mida amalga oshiriladi. 1 dollar uchun kurs 11450 so‘m atrofida.

Siz Buxoro yoki boshqa yirik shaharlardagi bankomatlar yoki bank filiallarida valyuta ayirboshlashingiz mumkin. Buni Toshkentda yoki Buxoroda oldindan qilishni tavsiya qilamiz. Hech qanday holatda «valyutchiklar»  orqali vositalaringizni almashtirmang – bu noqonuniydir.

  1. Festival hududida mobil aloqa bormi?

Ha, O‘zbekistondagi barcha uyali aloqa operatorlari joylashuv bo‘yicha yaxshi qamrovga ega.

Ammo unutmangki, Stihia – bu tabiat va musiqa bilan yolg’izlik uchun joy, shuning uchun biz ishtirokchilardan smartfon odob-axloq qoidalariga rioya qilishni so’raymiz.

  1. Spirtli ichimliklarga ruxsat beriladimi?

Lagerda kokteyl bari bo’ladi. Festival hududiga o’zingizning spirtli ichimliklaringizni olib kirishingizga yo’l qo’yilmaydi.

Sizdan o’zingizni oqilona va mas’uliyatli tutishingizni so’raymiz, aks holda xavfsizlik xizmati sizni festivaldan chiqarib yuborishi mumkin.

Albatta, festivalda har qanday giyohvand moddalar taqiqlanadi.

  1. Festival dasturi qanday?

2023 yilda biz musiqiy komponentga to’liq e’tibor qaratishga qaror qildik. Shuning uchun bu yilgi dastur faqat musiqiy laynapdan iborat.

U 31 avgust kuni tushdan keyin boshlanadi va kechgacha davom etadi, qisqa tanaffusdan so`ng quyosh chiqishidan oldin yana boshlanadi.

Hududda ikkita sahna bo’ladi:

  • «I Will See You Again» – texno-sahna
  • «On the Other Side» – eksperimental, progressiv sahna

Aniq namoyish vaqtlari va tarkiblar haqidagi e’lonlarni kuzatib boring.

  1. Beshinchi Stihia tarkibiga kira olamanmi?

Bu yil laynap allaqachon yopilgan.

Biz ko’p sonli arizalarni ko’rib chiqdik va mos deb hisoblaganlarni tanladik. Agar sizga javob berilmagan bo’lsa, bu sizning formatga mos kelmasligingiz bilan bog’liq emas. Shuncha-ki bizda bo’sh joy qolmagan bo’lishi mumkin.

Qanday bo’lmasin, bizga o’z setlaringizni, treklaringizni, yozuvlaringizni, profillaringizni yuboring – biz doimo yangi istedod chehralariga qiziqamiz va ularni har doim batafsil o’rganamiz va, ehtimol, kelajakdagi festivallarga kiritamiz.

  1. N+1 Stihia nima?

Inson faoliyati bugungi va kelajagimizga qanday ta’sir qilishini o’rganishga bag’ishlangan ilmiy forum.

Forum hukumat, ekspert va olimlar bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Maqsad – ijodiy onglarni birlashtirish va to’g’ridan-to’g’ri ekologik ofat sodir bo’lgan joyda atrof-muhit haqida munozarani boshlash, shuningdek, barqaror rivojlanish va san’at masalalarini muhokama qilish.

Forum o‘tkaziladigan joy faqat Mo‘ynoq bo‘lgani uchun bu yil uni o‘tkaza olmaymiz.

  1. Chipta pulini qaytarish siyosati qanday bo’ladi?

Chiptani festivalga 15 kun (yoki undan oldinroq) qolganda bekor qilsangiz, to‘lovni to‘liq qaytarib olishingiz mumkin. Siz company@unknownprojects.org manziliga yozishingiz kerak bo`ladi

  1. Qanday qilib ko’ngilli bo’lish mumkin?

Bizga https://t.me/moc_support qo’llab-quvvatlash manziliga yozing

Stihia – bu ishqibozlar loyihasi. Ko’ngillilar yordami bilan katta ish qatlami amalga oshiriladi, shuning uchun har qanday yordam juda qadrlanadi.

  1. O’z installyatsiyamni o’rnatishim mumkinmi?

Ha, mumkin, lekin oldindan roziligimiz bilan. Buning uchun loyihangiz tavsifini iloji boricha batafsilroq qilib company@unknownprojects.org manziliga yuboring

Biz logistika va moliyaviy jihatdan eng qiziqarli bo`lgan installyatsiyalarga yordam berishga tayyormiz.

  1. Avtoturargoh haqida nima deyish mumkin?

Festival hududini asfalt yo’l kesib o’tadi. Uning yon tomonida mashinalar qo`yish mumkin bo’ladi.

Biz o‘tgan yilgi xatolarni inobatga oldik va Ichki Ishlar Vazirligi bilan birgalikda geytlar orqali parkovkaga ruxsat berish tartibi ustida ishlayapmiz. Keyinchalik avtomobillarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi haqida ma’lumot joylaymiz.