Open call

ART

Markaziy g‘oya: «Stihia — bu siz»

«Stihia» festivali — bu tirik organizm bo‘lib, har bir kishi uning bir qismiga aylanadi. Shamol, qum, quyosh, musiqa, san’at — ijodkor, tomoshabin va tabiat o‘rtasida chegara yo‘q.

Installyatsiyalar uchun konseptual yo‘nalishlar:

– Stihiaga singib ketish, sahroni qayta tushunish.

Obyekt tabiiy unsurlar (shamol, qum, yorug‘lik, harakat) bilan uyg‘unlashgan atrof-muhitning bir qismi sifatida idrok etilishi kerak.

Bir vaqtlar bu yerda dengiz bo‘lgan, bugun esa u biz orqali mavjudligini davom ettirmoqda. Shakl, tekstura, installyatsiya materiyasi orqali holatlarning o‘tishi, suv, havo va yerning o‘zaro ta’sirini ta’kidlash muhimdir.

– O‘zaro ta’sir energiyasi. Inson markaz sifatida.

Installyatsiya insonning hozirligini ko‘zgular, akslar, harakat, yorug‘lik, tovush yoki teginish orqali ifodalashi mumkin.

Tomoshabin shunchaki kuzatuvchi emas, balki obyektning bir qismiga aylanadi — u orqali o‘tadi, iz qoldiradi, o‘z ishtirokidan tuzilmaning o‘zgarishini ko‘radi. Interaktivlik muhim ahamiyatga ega.

– «Barxanlardagi sarob»

Barcha installyatsiyalar kemalar qabristoni yaqinidagi qumli landshaftda joylashtiriladi. Shu sababli, asarlar atrof-muhitga moslashtirilgan, shamol va iqlim sharoitlariga chidamli bo‘lishi lozim; vandallarga qarshi himoyalangan bo‘lishi shart.

ariza berishning oxirgi sanasi: 28-fevral

Arizani havola orqali oʻtib, shaklni toʻldirgan holda berish mumkin: https://forms.gle/Ex9T7cS4hWpwF1jaA


MUSIC

«Stihia» — Markaziy Osiyodagi eng yirik elektron musiqa festivali bo‘lib, bu yilgi dasturni yangi ismlar bilan boyitishdan faqat mamnun bo‘lamiz.
Agar siz ochiq sahnalardan birida chiqish qilishni istasangiz, profil sarlavhasidagi havola orqali anketani to‘ldirishingiz lozim.
Shuni ta’kidlash joizki, biz yo‘l xarajatlari, yashash va gonorar xarajatlarini qoplamaymiz, lekin tanlab olingan musiqachilarni festivalning umumiy laynap e’lonlarida ko‘rsatib oʻtamiz.

Eslatib o‘tamiz! Asosiy ikki sahna laynapiga o‘tgan san’atkorlarga gonorar to‘lab beriladi, shuningdek, parvozlar, yashash va ovqatlanish xarajatlari to‘liq qoplanadi.
Ushbu «OPEN CALL»da gap #BackToMuynak (tashrif buyurish uchun bepul sahna) ochiq sahnasi va o‘z ijodini festivalda namoyish etishni istagan yosh san’atkor (masalan, shundoq ham «Stihia»ga borayotgan, uzoq vaqtdan beri Stixiyada rol o‘ynashni istagan, katta sahnada ajoyib debyut qilishni istaydigan yoki shunchaki o‘z nomini ajoyib tarzda targ‘ib qilishni xohlaydigan) lar haqida bormoqda.

ariza berishning oxirgi sanasi: 28-fevral

Arizani havola orqali oʻtib, shaklni toʻldirgan holda berish mumkin: https://forms.gle/my3rJdT5qw3TpX2y7

 


Chiptalar Chodirlar uchun joy Jamoaviy chipta