Ommaviy oferta

«Компания Неопределенных Проектов» MCHJ («Biz») Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq shahrida 29-31 may kunlari o‘tkaziladigan «Stihia» elektron musiqa va san’at festivalining egasi va bosh tashkilotchisi hisoblanadi («Tadbir»).

Tadbirga kirish va unda ishtirok etishingiz shartlari ushbu ommaviy oferta shartlari bilan tartibga solinadi. Tadbirga chipta («Chipta«) sotib olish orqali siz Tadbirni o‘tkazishning ushbu shartlarini qabul qilgan bo‘lasiz.

1. Tadbirga kirish uchun siz haqiqiy Chiptani ko‘rsatishingiz shart.

2. Ushbu shartlarga qo‘shimcha ravishda, siz www.stihia.org saytidagi tez-tez so‘raladigan savollar bo‘limi qoidalari bilan tanishib chiqishingiz lozim (agar mavjud bo‘lsa).

3. Chiptalarni chop etish yoki elektron chiptalar bo‘lsa, mobil telefoningizda ko‘rsatish mumkin.

4. Barcha chiptalar kirishda tekshiriladi va skanerlanadi. Tadbir o‘tkaziladigan sana va vaqtni bilish uchun Chiptangizni tekshirib olishingiz kerak.

5. Tadbirga muddati o‘tmagan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta, haydovchilik guvohnomasi) taqdim etish zarur. Biz muddati o‘tgan hujjatlarni qabul qila olmaymiz. Agar siz haqiqiy shaxsni tasdiqlovchi rasmli hujjatni taqdim eta olmasangiz, mablag‘larni qaytarmasdan kirishingiz rad etilishi mumkin.

6. Tadbirga kirishda chiptani bilaguzukka almashtirish talab etiladi.

7. Tadbir davomida bilaguzukni taqib yurishingiz shart. Biz Tadbir paytida istalgan vaqtda bilaguzuklarni tekshirish huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz. Shikastlangan bilaguzuklar yaroqsiz deb topilishi mumkin.

8. Tadbirda ishtirok etish uchun kamida 18 yoshda bo‘lishingiz kerak.

9. Tadbirga tashrif buyurish uchun quyidagi cheklovlar amal qiladi va ulardan istalganining buzilishi to‘lov qaytarilmasdan Tadbirga kirishingiz rad etilishiga yoki undan chiqarib yuborilishingizga olib kelishi mumkin:

  • olomon ichiga sakrash va tajovuzkor xatti-harakatlar taqiqlanadi;
  • giyohvand moddalar ta’qiqlanadi;
  • o‘zi bilan spirtli ichimliklar olib kirish mumkin emas;
  • shisha idishlar taqiqlanadi;
  • mushakbozlik, signal raketalari, tutunli shashkalar, portlovchi moddalar, o‘qotar qurollar, pichoqlar, qilichlar; yoki qurol yoki raketa sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan yoxud bizning fikrimizcha, tadbir o‘tkaziladigan joyga tashrif buyuruvchilar uchun xavf yoki noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa narsa (bunday narsa noqonuniy yoki ma’lum maqsadlarda olib kirilayotganidan qat’i nazar) taqiqlanadi;
  • hech qanday homiylik, reklama yoki marketing materiallarini olib kirish mumkin emas;
  • ruxsatsiz professional foto yoki video suratga olish taqiqlanadi.

10. Biz har qanday taqiqlangan narsalarni musodara qilish huquqini o‘zimizda saqlaymiz. Taqiqlangan buyum topilgan shaxsga pul qaytarmasdan Tadbirga kirish rad etiladi. Bunday shaxs O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.

11. Agar huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etilgan deb hisoblasak, sizning ma’lumotlaringizni tegishli organlarga yuborish huquqini o‘zimizda saqlaymiz.

12. Biz giyohvand moddalarga nisbatan qat’iy murosasizlik siyosatini yuritamiz. Noqonuniy moddalar aniqlangan shaxsga ruxsat berilmaydi, u pul qaytarilmasdan Tadbirdan chetlashtiriladi, shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

13. Tadbirda bizning oldindan yozma roziligimizni olmasdan savdo yoki boshqa tijorat faoliyati, jumladan, marketing, reklama yoki flayposting o‘tkazish taqiqlanadi.

14. Sizga Tadbirdan oldin ob-havo ma’lumoti bilan tanishishni va kutilayotgan sharoitlarga mos kiyim va poyabzal bilan tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya etamiz. Ob-havo yomon bo‘lganligi uchun pul qaytarilmaydi.

15. Biz hech qanday holatda shaxsiy mulkingizning yo‘qolishi, shikastlanishi yoki o‘g‘irlanishi uchun javobgar emasmiz.

16. Tadbir davomida video va fotosuratga olish ishlari olib boriladi, ularga siz tasodifan yoki ongli ravishda tushishingiz mumkin va ular (tijoriy yoki boshqa maqsadlarda) to‘lovsiz tarqatilishi mumkin. Tadbirda ishtirok etar ekansiz, bunday tasvirlarga olishga rozilik bildirgan hisoblanasiz.

17. Tadbirda maxsus ijtimoiy ta’minot va tibbiy xizmat ko‘rsatish hududimiz mavjud. Agar biror sababga ko‘ra siz yoki boshqa kimdir o‘zini yomon his qilsa, bu haqda darhol ko‘ngillilarga yoki tashkilotchilarga xabar bering.

18. Tadbir ishtirokchisi Tadbirdan chetlashtirilishi mumkin (va bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beriladi), agar bizning asosli fikrimizga ko‘ra, bunday ishtirokchi:

– har qanday tashrif buyuruvchining xavfsizligiga tahdid solsa va/yoki boshqa tashrif buyuruvchilar/ishtirokchilarning qulayligiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa. Bunga alkogolli ichimlikdan mastlik holatida bo‘lish (yoki shunday ko‘rinish), muomalaga layoqatsizlik, kuchli mastlik yoki taqiqlangan giyohvand moddalar ta’siri ostida bo‘lish, haqoratli xatti-harakatlar, tahdidlar, qurol yoki taqiqlangan moddalarni olib yurish, tintuvdan bosh tortish, Tadbir tashkilotchilarining oqilona ko‘rsatmalarini bajarmaslik yoki ushbu Shartlarning istalganini buzish kabi holatlar kiradi.

– jamiyatga zid xatti-harakatlar qiladi. Bunga haddan tashqari yalang‘ochlik, jamoat joylarida jinsiy harakatlar sodir etish, psixoseksual submadaniyatlarning atributlari va kiyimlaridan haddan ortiq foydalanish kabi misollar kiradi.

Agar bunday ishtirokchi Tadbirdan chiqarib yuborilgan yoki unga Tadbirga kirish rad etilgan bo‘lsa, u mablag‘larni qaytarib olish huquqiga ega emas va qanday usulda sotib olingan yoki olinganidan qat’i nazar, boshqa Chipta orqali qayta kirishiga ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, bunday shaxs bizning qora ro‘yxatimizga kiritiladi va boshqa tadbirlarga qatnasha olmaydi.

19. Tadbir davomida siz baland musiqa, tutun va/yoki stroboskopik chiroqlar ta’siriga uchrashingiz mumkin. Baland musiqaning uzoq vaqt ta’siri eshitish qobiliyatini shikastlashi mumkinligini e’tiborga olishingizni so‘raymiz. Biz barcha ishtirokchilarga o‘zlari zarur deb hisoblagan har qanday ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya etamiz.

20. Chiptani sotib olish orqali siz shaxsiy ma’lumotlaringiz O‘zbekiston Respublikasining ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga, shuningdek, www.stihia.org saytidagi Maxfiylik siyosatimizga muvofiq to‘planishi va saqlanishiga rozilik bildirasiz.

21. Tadbirga o‘z xohishingiz va mas’uliyatingiz bilan qatnashasiz. Biz va bizning hamkorlarimiz tadbir davomida yetkazilgan har qanday zarar, jarohat yoki ziyon, jumladan, mol-mulkka zarar yetkazilishi, o‘g‘irlanishi yoki yo‘qolishi uchun javobgar emasmiz.

22. Biz vaqti-vaqti bilan ushbu Shartlarni qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish va Tadbirlar veb-saytida yangi versiyasini e’lon qilish huquqiga egamiz. Veb-saytdan foydalanishni davom ettirib yoki Tadbirga tashrif buyurib, siz Tadbirlarni o‘tkazishning o‘zgartirilgan shartlariga rozilik bildirasiz.

23. Ushbu Shartlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi va ular bilan bog‘liq barcha nizolar faqat O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.

«The Unidentified Projects Company» MCHJ

Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani, «Do‘stik» mahalla fuqarolar yig‘ini, Berdaq ko‘chasi, 276-uy

H/r (so‘m): 2020 8000 0055 0598 9002

H/r (valyuta): 2020 8840 2055 0598 9002

«Kapitalbank» ATB Toshkent shahar Bosh Ofisida

MFO: 00974

STIR: 309349135

Chiptalar Chodirlar uchun joy Jamoaviy chipta