Stihia — elektron musiqa, san’at va fan festivali. Bu 2017-yilda O‘zbekistondagi ishqibozlartomonidan yaratilgan loyiha.
2017-yildan 2022-yilgacha festival Mo‘ynoqda, qurib qolgan Orol dengizi qirg‘og‘ida o‘tkazildi. Bu Mo‘ynoqda barqaror rivojlanishga erishish maqsadiga muvofiq edi. 2023-yilda festival Navoiy viloyatida o‘tkazildi, 2024-yildan esa biz yana Mo‘ynoqqa qaytdik.
Festival tamoyillari
Stihia — dunyoning eng o‘ziga xos joylaridan birida insonlar o‘rtasidagi muloqot vamadaniyatlar uyg‘unlashuvining noyob makonidir.
Sizdan quyidagi tamoyillarga rioya qilishingizni kutamiz:
- Cho‘l va atrofdagi odamlarga hurmat ko‘rsatish;
- O‘zingizdan keyin axlat qoldirmaslik;
- Festivalda faol ishtirok etish;
- O‘zingizni erkin ifoda etish.
Koordinatalar: 43.790249, 59.033094
Shuningdek, veb-saytimizdagi ommaviy oferta va maxfiylik siyosati bilan sinchkovlik bilantanishib chiqishingizni so‘raymiz.
ommaviy oferta: https://stihia.org/public-offer/
maxfiylik siyosati: https://stihia.org/ru/privacy-policy/
Chiptalarni stihia.org saytidan xarid qilish mumkin.
Bu yil festivalda 2 xil chipta taqdim etilmoqda. Ularning narxi har oyda oshib boradi.
Standart chipta
Chipta narxi – 350,000 so‘m (faqat yanvar oyida)
fevral — 450,000 so‘m
mart — 550,000 so‘m
aprel — 650,000 so‘m
may — 750,000 so‘m
Jamoaviy chipta
3 ta va undan ortiq chipta xarid qilsangiz, har bir chipta uchun 5% chegirmaga ega bo‘lasiz
Chodir uchun joy alohida sotib olinadi
3×3 metrlik maydoncha ijarasi 150,000 so‘m (chodir va maxsus jihozlar berilmaydi, chodir o‘rnatish shartlari haqida batafsil ma’lumotni saytning «Bilishi zarur» bo‘limining «Turar joy» qismida o‘qishingiz mumkin)
To‘lovni ham so‘m kartalari, ham xalq
Musiqiy dastur – 4 ta sahna:
– I will see you again, jonim – 29-31 may, 20:00-03:00
– 20:00-23:00 progressive
– 23:00-03:00 technoAq Keme – 30-31-may, 20:00-4:00
#BackToMuynak / open deck – 29-30-may, 20:30-2:00 – musiqiy xilma-xillik, layv vaelektronika, open call bo‘yicha tanlangan san’atkorlar
Lighthouse / open deck – 29-31-may, 19:00-3:00 – open call bo‘yicha tanlangansan’atkorlar
Mahalliy aholining o‘z mintaqasi haqidagi hikoyalari, shuningdek, bilish muhim bo‘lganvoqealar haqida so‘zlashni istagan boshqa notiqlar uchun mo‘ljallangan «STIHIA N+1» forumi;
Ekologik brendlar hamda mahalliy Mo‘ynoq hunarmandlari yarmarkasi;
Mahorat darslari, seminarlar, yoga mashg‘ulotlari, o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlar;
Art-installyatsiyalar.
Chipta festival hududiga to‘rt kun davomida kirish imkonini beradi. Siz xodimga chiptaniko‘rsatib, Orol dengizi muzeyida (festival hududida) bilaguzuk olishingiz kerak. Bilaguzukniolgach, har safar kirishda uni ko‘rsatib, festival hududiga bemalol o‘tishingiz mumkin. Bilaguzuk faqat festival kunlari, 29-may soat 15:00 dan 1-iyun soat 06:00 gacha amal qiladi.
Chipta transport va turar joy xarajatlarini qoplamaydi.*
- Chodirlarni maxsus ajratilgan chodirlar shaharchasi hududiga o‘rnatish;
- Chodir tagiga polietilen plyonka to‘shash;
- Chodir ichiga turistik to‘shak (karemat) ustiga uyqu qopini joylashtirish;
- Chodir ustidan soyabon tortish;
- Chodirda qimmatbaho buyumlar va hujjatlarni qoldirmaslik;
- O‘z chodiringiz yonida hamda chodirlar shaharchasida umuman olov yoqmaslik;
- Chodirda chekmaslik.
Quyidagilarni olib ketishni tavsiya etamiz:
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar;
- Issiq va yengil almashtiriladigan kiyimlar (cho‘lda kechasi sovuq, kunduzi esa issiqbo‘ladi);
- Yopiq poyabzal;
- Yengil ovqat va suv;
- Quyoshdan himoyalovchi krem;
- Nam va quruq salfetkalar;
- Niqoblar va antiseptiklar;
- Gigiyenik lab bo‘yog‘i;
- Chivinlardan himoyalovchi vosita;
- Quloq tiqinlari;
- Dori-darmonlar (Mo‘ynoqda dorixonalar bor, lekin ba’zi dori-darmonlar bo‘lmasligimumkin);
- Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak va fonar.
Festival hududida ovqatlanish zonasi va bar faoliyat ko‘rsatadi. Sizni turli xil festival taomlari, tez tayyorlanadigan ovqatlar, qozonda pishirilgan palov va boshqa taomlar kutmoqda. Mo‘ynoqshahrining o‘zida ham ko‘plab turli xil ovqatlanish joylarini topishingiz mumkin.
Chodir yoki lager ichida mustaqil ravishda ovqat tayyorlash man etiladi. Festival hududida harqanday did va xohishga mos keladigan taomlarning keng tanlovi bilan ovqatlanish zonasiishlaydi.
Lagerda biotualetlar, yuvingichlar va dushxonalar mavjud bo‘ladi. Iltimos, boshqa tashrifbuyuruvchilarga hurmat ko‘rsating va qulayliklardan oqilona foydalaning. Cho‘lda suv judacheklangan resurs hisoblanadi.
Festivalda xavfsizlik Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek, xavfsizlikuchun mas’ul bo‘lgan festival xodimlari tomonidan ta’minlanadi. Bundan tashqari, festivaldatibbiyot punkti va o‘t o‘chirish xizmati ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularning barchasi xavfsizliknita’minlash bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tgan.
Tashkilotchilar shaxsiy buyumlaringizning saqlanishi uchun javobgar emas.
Har qanday tajovuzkor xatti-harakat uchun tashrif buyuruvchi festival hududidan chiqaribyuboriladi va qora ro‘yxatga kiritiladi.
Agar siz MDH yoki quyida sanab o‘tilgan mamlakatlardan birining fuqarosi bo‘lsangiz, vizatalab qilinmaydi, u kelganingizda pasportingizga bepul muhrlanadi:
- Avstraliya
- Avstriya
- Andorra
- Argentina
- Bolgariya
- Bosniya va Gersegovina
- Belgiya
- Braziliya
- Bruney-Darussalom
- Buyuk Britaniya
- Vatikan
- Vengriya
- Germaniya
- Gretsiya
- Daniya
- Irlandiya
- Islandiya
- Ispaniya
- Italiya
- Kanada
- Kipr
- Latviya
- Litva
- Lixtenshteyn
- Malta
- Monako
- Mo‘g‘uliston
- Niderlandiya
- Norvegiya
- Polsha
- Portugaliya
- BAA
- Ruminiya
- San-Marino
- Serbiya
- Slovakiya
- Sloveniya
- Finlyandiya
- Fransiya
- Xorvatiya
- Chernogoriya
- Chexiya
- Chili
- Shveysariya
- Shvetsiya
- Estoniya
- Yangi Zelandiya
- Yaponiya
Elektron viza olish uchun quyidagi mamlakatlarning fuqarolari ariza topshirishlari kerak:
- Albaniya
- Jazoir
- Angola
- Bahrayn
- Boliviya
- Butan
- Vanuatu
- Venesuela
- Vetnam
- Gabon
- Gayana
- Gana
- Gonkong
- Misr
- Hindiston
- Iordaniya
- Eron
- Kabo-Verde
- Kambodja
- Kamerun
- Qatar
- Kiribati
- Kolumbiya
- Kot-d’Ivuar
- Quvayt
- Laos
- Livan
- Mavrikiy
- Makedoniya
- Maldiv orollari
- Marokash
- Marshall orollari
- Mikroneziya
- Nauru
- Nepal
- O‘mon
- Palau
- Paragvay
- Peru
- Samoa
- Saudiya Arabistoni
- Seyshel orollari
- Senegal
- Solomon orollari
- Surinam
- AQSH
- Tailand
- Tonga
- Tunis
- Urugvay
- Fiji
- Filippin
- Shri Lanka
- Ekvador
Agar siz boshqa mamlakatlardan kelayotgan bo‘lsangiz, viza olishingiz kerak bo‘ladi, ammo jarayon juda oson kechadi. Elektron viza olish bo‘yicha ko‘rsatmalarga bu manzilda amal qiling: evisa.mfa.uz/
Ha, ovqatlanish hududida, barlarda va boshqa savdo nuqtalarida mahalliy to‘lov ilovalari orqalinaqd pul va plastik karta bilan to‘lov qilish imkoniyati bor.
O‘zbekistonda barcha hisob-kitoblar faqat mahalliy valyuta — o‘zbek so‘mida amalga oshiriladi. Kurs taxminan 1 dollar uchun 13,000 so‘m va 1 yevro uchun 13,700 so‘mni tashkil etadi.
Valyutani Mo‘ynoq, Nukus, Toshkent yoki boshqa yirik shaharlardagi bankomatlar yoki bank filiallarida almashtirish mumkin. Buni Toshkentda yoki Nukusda oldindan amalga oshirishnimaslahat beramiz. Hech qachon «valyutchiklar»ga murojaat qilmang — bu qonunga xilof.
Ha, O‘zbekistonning barcha uyali aloqa operatorlari Mo‘ynoqda a’lo darajadagi qamrovga ega, shu jumladan xorijiy mehmonlar o‘z mamlakatidagi uyali aloqa operatorining roumingxizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Biroq shuni yodda tutingki, Stihia — bu tabiat va musiqa bilan yolg‘iz qolish uchun joy, shuninguchun ishtirokchilardan «smartfon etiketi»ga rioya qilishlarini so‘raymiz.
Lagerda kokteyl bari faoliyat ko‘rsatadi. Festivalda dam olish va hordiq chiqarishnixohlayotganingizni tushunamiz. Sizdan oqilona va mas’uliyatli bo‘lishingizni so‘raymiz, aksholda xavfsizlik xizmati sizni festival hududidan chiqarib yuborishi mumkin.
Albatta, festivalda har qanday narkotik moddalar qat’iyan taqiqlangan.
Bizga o‘z to‘plamlaringiz, treklaringiz, yozuvlaringiz va profillaringizni yuboring – bizga doimoyangi iste’dodlar qiziq, biz ularni sinchiklab o‘rganamiz va ehtimol, ularni ikki sahnadan birida — #BackToMuynak yoki Lighthouse Stage da ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ishtirok etish uchun biz ochiq tanlov e’lon qilganimizdan so‘ng havola orqali anketanito‘ldirishingiz kerak bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarimizdagi e’lonlarni kuzatib boring.
2019-yildan boshlab Stihia N+1 forumi fan va inson faoliyatining bugungi kun va kelajakkata’sirini muhokama qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan.
Forum hukumat, mutaxassislar va olimlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Forumning maqsadiijodkor shaxslarni birlashtirish va bevosita ekologik falokat joyida atrof-muhit mavzusinimuhokama qilishni boshlash, shuningdek, barqaror rivojlanish va san’at masalalarini ko‘ribchiqish edi.
Bu yilgi forum Qoraqalpog‘istonning mahalliy qahramonlari haqida hikoya qiladi, shuningdekturli hududlardan kelgan, hikoyalari eshitilishi kerak bo‘lgan notiqlar uchun platforma vazifasinibajaradi.
Agar siz festivalga tashrif buyurmoqchi bo‘lsangiz va mahalliy aholini ilhomlantirishi mumkinbo‘lgan qiziqarli hikoyangiz bo‘lsa, yoki siz qiziqarli hikoyaga ega Qoraqalpog‘iston aholisinibilsangiz (yoki o‘zingiz Qoraqalpog‘istondan bo‘lsangiz) — @moc_support (Telegram) ga yozing, shuningdek, ochiq tanlov e’lon qilingandan so‘ng anketani to‘ldiring. Ijtimoiytarmoqlarimizdagi e’lonlarni kuzatib boring.
Stihia — entuziastlar loyihasi. Ishning katta qismi ko‘ngillilar tomonidan amalga oshiriladi, shuning uchun har qanday yordam juda foydali bo‘ladi.
Agar ko‘ngilli bo‘lishni istasangiz, @moc_support (Telegram) ga yozing, shuningdek, ochiqtanlov e’lon qilingandan so‘ng anketani to‘ldiring. Ijtimoiy tarmoqlarimizdagi yangiliklarnikuzatib boring.
Ha, mumkin, lekin bizning oldindan roziligimiz bilan. Buning uchun ochiq tanlov e’lonqilinganidan so‘ng anketani iloji boricha batafsil to‘ldirish kerak.
Festival hududidan taxminan 100-150 metr masofada bepul avtomobil to‘xtash joyi tashkiletiladi.
Festival kunlarida quruq ob-havo kutilmoqda, cho‘l iqlimi tufayli kuchli shamollar bo‘lishimumkin. Mo‘ynoqda havo harorati kunduzi 30-35°C dan tunda 20-25°C gacha o‘zgarib turadi.
Barcha mumkin bo‘lgan variantlar:
SAMOLYOT:
Toshkent-Nukus aviaqatnovi (1 soat 40 daqiqa)
Kuniga bir necha marta
Narxi: 520,000 so‘mdan boshlab
+Nukus-Mo‘ynoq taksisi (3 soat)
Eng yaqin shaharlardan Mo‘ynoqqa yetib olish uchun aeroportda taksi tutish yoki mahalliyhaydovchilar bilan oldindan Telegram guruhlari orqali kelishib olish mumkin.
Bir tomonlama yo‘l uchun 1 ta mashinaning narxi: 500,000 – 800,000 so‘m
https://t.me/taxi_kanalii
Toshkent-Urganch aviaqatnovi (1 soat 30 daqiqa)
Kuniga bir necha marta
Narxi: 520,000 so‘mdan boshlab
+Urganch-Mo‘ynoq taksisi (5 soat)
https://t.me/urgenich
Nukus-Mo‘ynoq yo‘nalishidagi qatnov har dushanba, juma va yakshanba kunlari ham mavjud. Chipta narxi 107,000 so‘mdan boshlab.
POYEZD:
Toshkent-Nukus (16-20 soat)
har kuni
Narxi: platskart uchun 230 000 so‘m va kupe uchun 340,000 so‘m
https://eticket.railway.uz/uz/home
+ Nukus-Mo‘ynoq taksisi (3 soat)
Toshkent-Qo‘ng‘irot (19-22 soat)
Har kuni
Narxi: platskart uchun 260,000 so‘m va kupe uchun 360,000 so‘m
https://eticket.railway.uz/uz/home
+ Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq (1,5-2 soat)
AVTOMOBIL:
Shuningdek, Toshkent-Mo‘ynoq yo‘nalishi bo‘yicha (24-48 soat) avtomobilda kelish mumkin.
Yo‘nalish Toshkentni Nukus bilan bog‘laydigan M-37 yo‘lidan o‘tadi. Masofa — 1300 km.
O‘z mashinalarida sayohat qilishni rejalashtirayotgan haydovchilar bilan suhbatlashish uchunguruh:
https://t.me/drive_to_stihia
Festival hududida o‘tovlar va chodirlar tashkil etiladi. Mo‘ynoqning o‘zida – kichikmehmonxonalar va mehmon uylari, xostellar hamda turar joy ijarasi, shu jumladan kvartiralar vauylar mavjud. Joylashishni oldindan band qilishni tavsiya etamiz.
O‘tov lagerining narxi – keyinchalik e’lon qilinadi
Guest House Dilbar:
https://maps.app.goo.gl/1DdjvZ1jwGpGHoXd9
Hostel Muynak:
https://maps.app.goo.gl/oDq91h9fVHn6Y1Ke7
Timur House:
https://maps.app.goo.gl/5L1dcFXbUvbpDBsg8
TEN’IZ:
https://maps.app.goo.gl/norztGtrzaxgxNj57
Hotel Ratmina Muynak:
https://yandex.uz/maps/-/CDRtrAIf
Shuningdek, uylar, kvartiralar va xonalarni qidirish uchun Telegram guruhi (https://t.me/muynakaccommodation) ham mavjud.
Ravi — ko‘chmas mulk ijarasi bo‘yicha agent
+998770600376, @Stixiafest (Telegram)
Sizni qiziqtirgan ma’lumotlarni olish uchun quyidagi aloqa kanallari orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin:
Telegram: @moc_support
Instagram: moc__org
Instagram: stihiafestival
Elektron pochta: support@mocreative.org