ART

Markaziy g‘oya: «Stihia — bu siz»
«Stihia» festivali — bu tirik organizm bo‘lib, har bir kishi uning bir qismiga aylanadi. Shamol, qum, quyosh, musiqa, san’at — ijodkor, tomoshabin va tabiat o‘rtasida chegara yo‘q.
Installyatsiyalar uchun konseptual yo‘nalishlar:
– Stihiaga singib ketish, sahroni qayta tushunish.
Obyekt tabiiy unsurlar (shamol, qum, yorug‘lik, harakat) bilan uyg‘unlashgan atrof-muhitning bir qismi sifatida idrok etilishi kerak.
Bir vaqtlar bu yerda dengiz bo‘lgan, bugun esa u biz orqali mavjudligini davom ettirmoqda. Shakl, tekstura, installyatsiya materiyasi orqali holatlarning o‘tishi, suv, havo va yerning o‘zaro ta’sirini ta’kidlash muhimdir.
– O‘zaro ta’sir energiyasi. Inson markaz sifatida.
Installyatsiya insonning hozirligini ko‘zgular, akslar, harakat, yorug‘lik, tovush yoki teginish orqali ifodalashi mumkin.
Tomoshabin shunchaki kuzatuvchi emas, balki obyektning bir qismiga aylanadi — u orqali o‘tadi, iz qoldiradi, o‘z ishtirokidan tuzilmaning o‘zgarishini ko‘radi. Interaktivlik muhim ahamiyatga ega.
– «Barxanlardagi sarob»
Barcha installyatsiyalar kemalar qabristoni yaqinidagi qumli landshaftda joylashtiriladi. Shu sababli, asarlar atrof-muhitga moslashtirilgan, shamol va iqlim sharoitlariga chidamli bo‘lishi lozim; vandallarga qarshi himoyalangan bo‘lishi shart.
ariza berishning oxirgi sanasi: 28-fevral
Arizani havola orqali oʻtib, shaklni toʻldirgan holda berish mumkin: https://forms.gle/Ex9T7cS4hWpwF1jaA