Moʻynoqdagi musiqa taʼlimida cholgʻu asboblarining yetishmasligi iqtidorli oʻquvchilarning imkoniyatlarini cheklab qoʻymoqda. Biz vaziyatni oʻzgartirish maqsadida bolalarni ularning oʻsishi va rivojlanishiga poydevor boʻladigan sifatli cholgʻu asboblari bilan taʼminlashni istaymiz. Royal shunchaki cholgʻu emas, balki yosh musiqachilar uchun munosib darajada oʻrganish va ijro etish imkoniyatini beruvchi yangi yoʻl ramzidir.
Bizning loyihamiz nafaqat cholgʻu asboblarini sotib olishni, balki musiqa chalishni oʻrgatishni ham qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga oladi. Biz ilhomlantirish va oʻrgatish qobiliyatiga ega boʻlgan oʻqituvchilarsiz, hatto eng yaxshi cholgʻu asbobi ham uzoq muddatli oʻzgarishlarni keltirib chiqarmasligini anglaymiz. Shu sababli «STIMULUS», musiqa oʻqituvchisi Nargiza Jamalovani qoʻllab-quvvatlashni ham oʻz zimmasiga oladi. Oʻqituvchini qoʻllab-quvvatlash loyihaning barqarorligini taʼminlaydi va oʻquvchilarga nafaqat cholgʻu asbobida chalishni, balki ular keyinchalik boshqalarga yetkazishi mumkin boʻlgan bilimlarni ham beradi. Nargiza asli moʻynoqlik boʻlib, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Biz sanʼatning kuchiga ishonch bildirgan barcha insonlarni ushbu tashabbusga qoʻshilishga taklif etamiz. Birgalikda yangi isteʼdodlarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishimiz va musiqa sahroning qoq markazida uzoq yillar davomida yangrab turishiga erishishimiz mumkin.
Model: Weinbach 180
Chexiyada ishlab chiqarilgan
Weinbach 180 cholgʻu asbobining xususiyatlari:
Oʻlchamlari (mm) – 1800 / 1580 / 1030
Ogʻirligi (kg) – 350
Rangi – qora
Texnik hujjatlarni yuklab olish
Asbobning narxi: 85 mln soʻm
Yetkazib berish va sozlash narxi: 5 mln soʻm (sozlovchining transport xarajatlari bilan birga)
Taʼlim berish: 30 mln
Toʼlovni amalga oshirish uchun QR kodni Payme bilan skanerlang va kerakli summani kiriting. Har qanday yordam uchun minnatdormiz.
Sotuvchining aloqa maʼlumotlari: Shahzod, +998977782876
Oʻqituvchi bilan bogʻlanish: Nargiza, +998913748543
Sozlovchining aloqa maʼlumotlari: Maksim, +998935832733