0%

Mo‘ynoq – noyob tarixga ega va zamonamizning eng yirik ekologik muammolaridan birining ramzi bo‘lgan shahardir. Bu yerdagi qiyinchiliklarga qaramay, eng muhimi – odamlarning ruhi, ularning hayotga, taraqqiyotga va madaniyatga intilishi saqlanib qolgan.

Mo‘ynoq musiqa maktabi – shahar bolalari va yoshlari muntazam musiqiy ta’lim olishi mumkin bo‘lgan yagona muassasadir. Bugun u nafaqat ta’lim maskani, balki umid makoniga ham aylanmoqda: bu yerda yangi avlod musiqachilari kelajakning madaniy merosini yaratmoqda.

Dasturimizning dastlabki qadamlari tufayli biz majlislar zali uchun ovoz tizimini yangilashga va o‘quvchilarning chiqishlari uchun konsert kiyimlarini xarid qilishga erishdik. Biroq, biz tushunamizki, barqaror rivojlanish uchun oldinga siljish va yosh musiqachilar nafaqat o‘rganishi, balki professional darajada o‘sishi uchun sharoit yaratish zarur.

“Ziyo Forum” fan va ta’lim rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda zamonaviy musiqa studiyasini yaratish va maktabning moddiy-texnik bazasini yangilashga qaratilgan yangi loyihani yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Mazkur tashabbus doirasida quyidagilar sotib olinadi:

  • professional studiya jihozlari (Behringer XR18 rusumli ikkita raqamli pult, Yamaha HS7 studiya monitorlari, Rode NT1-A mikrofonlari, Beyerdynamic DT 770 PRO studiya quloqchinlari);
  • musiqa asboblari (ikkita YAMAHA YDP 105 elektr pianinosi va 12 ta an’anaviy dutor);
  • ta’lim jarayoni uchun interaktiv doska, kompyuter va mebel;
  • studiyani to‘liq professional ovoz izolyatsiyasi bilan ta’minlash va jihozlash, shu jumladan o‘rnatish ishlari;
  • Toshkent – Mo‘ynoq transport xarajatlari;

Bundan tashqari, loyihamiz nafaqat texnik jihozlash, balki musiqa ta’limini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi. Shu sababli, biz musiqa o‘qituvchisi Nargiza Jamalovani ham qo‘llab-quvvatlashni zimmamizga olamiz. Asli mo‘ynoqlik bo‘lgan Nargiza O‘zbekiston davlat konservatoriyasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Studiyaning texnik holati muntazam ravishda Stixiya festivali ovoz muhandislari tomonidan sozlanib, nazorat qilib boriladi.

Bu loyiha oddiy modernizatsiyadan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Bu kelajakka qo‘yilgan sarmoya hisoblanadi. U maktab o‘quvchilarining ijodiy salohiyatini rivojlantirish va kengaytirish uchun barqaror sharoit yaratadi.

Loyihaning umumiy qiymati 150 million so‘mni tashkil etadi. Barcha mablag‘lar Ziyo Forum hisob raqamiga yig‘iladi va keyinchalik bevosita uskunalar va xizmatlar yetkazib beruvchilarga taqsimlanadi. Xarajatlar bo‘yicha barcha hujjatlar har qanday shaxsning so‘roviga binoan taqdim etiladi. So‘rovni company@unknownprojects.org manziliga yuboring.