Maktab tomiga 20-25 kilovatt quvvatli quyosh panellarini oʻrnatishni va kechki paytlarda ham energiya yetarli boʻlishi uchun akkumulyator batareyalari bilan taʼminlashni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu loyiha maktabga elektr energiyasi xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish va kunning istalgan vaqtida musiqa bilan shugʻullanish uchun qulay sharoit yaratish imkonini beradi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish nafaqat uglerod izini kamaytiradi, balki mintaqaning barqaror rivojlanishiga ham hissa qoʻshadi. Moʻynoq ekologik falokatni boshdan kechirayotgan shahar boʻlib, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish energiya arzon va atrof-muhit uchun xavfsiz boʻlgan yangi kelajakni shakllantirishga yordam beradi. Loyiha, shuningdek, muqobil energiya manbalari hayot sifatini qanday yaxshilashi mumkinligini koʻrsatib, boshqa jamoat muassasalari uchun ibrat boʻladi.
Bu energiya mustaqilligi, taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va mintaqa aholisi oʻrtasida ekologik ongni shakllantirish yoʻlidagi qadamdir. Biz toza energiyadan foydalanish imtiyoz emas, balki zarurat ekanligiga ishonamiz va Moʻynoq va uning aholisining barqaror kelajagiga qaratilgan tashabbuslarni rivojlantirishda davom etamiz.
Loyihaning texnik parametrlari: quvvati – 20-25 kVt.
Butlovchi qismlar:
Gibrid invertor, 20 kVt
20 kVt quvvatli quyosh panellari
Akkumulyator (20 kVt)
Konnektor 20 dona
Metall profil 4×2,5 mm 100-150 m
1×6 50-60 m kabel
4×6 50-60 m kabel
Kabel 4×35 10–15 m
Elektr shit 1 dona
Avtomatik oʻchirgich 3P 40A – 2d/ 1P 25A – 4 juft
Elektr hisoblagich 1 dona
Loyihaning taxminiy qiymati: 500 000 000 soʻm